15 iyu 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri zamonamiz og'ir vaznli bokschilarining Top-5 reytingini tuzib chiqdi
Superog'ir vaznda amaldagi WBC chempioni Tayson Fyuri bugungi kun og'ir vaznli bokschilarining Top-5 reytingini tuzib chiqdi.
Etiborlisi, britaniyalik jahon chempioni reytingning birinchi pog'onasiga o'zini munosib ko'rgan. Ikkinchi o'rindan sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder joy olgan. Tayson aynan amerikalikni eng kuchli raqibi sifatida bilishini aytgan edi.
WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga uchinchi o'rin nasib etgan. Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik to'rtinchi, WBC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Dillian Uayt esa beshinchi pog'onani egallagan.
Top-5 (Tayson Fyuri tanlovi):
1. Tayson Fyuri
2. Deontey Uaylder
3. Entoni Joshua
4. Aleksandr Usik
5. Dillian Uayt
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar