14 avg 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyurining navbatdagi raqibi Evropa chempioni hisoblanadi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri navbatdagi jangini shveciyalik Otto Uallinga qarshi o'tkazadi.
Avvalroq, Fyuriga navbatdagi jangda amerikalik CHarlz Martin raqiblik qilishi aytilgandi. Biroq, ko'rinishidan tomonlar kelisha olishmagan.
Fyuri - Uallin jangi Las-Vegasdagi T-Mobile Arena'da tashkil etiladi. Bu shveciyalik bokschi uchun AQSH ringlaridagi debyut bo'ladi. Qayd etish lozimki, Uallin superog'ir vazn toifasida Evropa chempioni hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, Fyuri 2020 yilda Deontey Uaylder bilan revansh oldidan atayin shunday oson va nomi chiqmagan raqib tanlagan.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar