22 okt 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassiev Vlodarchikni nokautga uchratib, yarim finalga chiqdi
AQSHning Nyuark shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Butunjahon boks superseriyasining chorak finalidan o'rin olgan so'nggi jangda birinchi og'ir vazn toifasida IBF chempioni rossiyalik 24 yoshli Murat Gassiev ringga ko'tarildi.
Gassievning 12 raundga mo'ljallangan chempionlik jangidagi raqibi polshalik 36 yoshli Kshishtof Vlodarchik bo'ldi. Uchinchi raundda Murat jigar qismiga bergan kuchli zarbasi evaziga raqibini nokautga uchratdi.
Ushbu g'alaba evaziga Gassiev superseriyaning yarim
finaliga yo'l oldi. Uning final ostonasidagi raqibi WBA yo'nalishi chempioni
kubalik Yuner Dortikos bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar