23 mar 07:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Gassievning superog'ir vazndagi debyuti yana qoldirildi
Koronavirus pandemiyasi sabab birinchi og'ir vaznda sobiq WBA Super va IBF chempioni Murat Gassievning katta tanaffusdan keyingi ringga qaytishi yana qoldirildi.
Gassiev superog'ir vazn toifasida debyut qilishi kerak edi. Lekin koronavirus sabab ushbu debyut nomalum muddatga kechiktirildi.
"Debyut 25 aprel kuniga mo'ljallangan edi. Ammo, koronavirus sabab barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi, shu jumladan Muratning jangi ham", - deydi Gassievning vakili.
Malumot uchun, Murat Gassiev so'nggi bor 2018 yilning iyulida ringda ko'rinish bergan edi. O'shanda u Butunjahon boks superseriyasi (WBSS) final jangida ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar hisobi bo'yicha yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Fikrlar