09 iyu 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Gennadiy GGG Golovkin Rollsni nokautga uchratdi
AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida o'tkazilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin kanadalik Stiv Rollsga qarshi ringga ko'tarildi. Jang muddatidan avval yakunlandi.
Qozog'istonlik bokschi jangning to'rtinchi raundida avval tepadan, keyin chap tomondan bergan kuchli zarbasi evaziga Rolssni nokautga uchratdi. Stiv bu zarbalardan keyin o'rnidan tura olmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar