21 noy 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23098_220.jpg)
Gennadiy Golovkin: Agar Alvares revanshga rozi bo'lmasa, WBO kamari uchun jang qilaman
O'rta vazn toifasida IBF, IBO, WBA hamda WBC yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin WBO chempioni Billi Jo Sondersga qarshi ringga chiqish istagida ekanligini malum qildi.
Agar meksikalik Saul “Kanelo” Alvares qozog'istonlik
bokschiga qarshi revansh jangiga rozilik
bermasa, u ana shu variantni ko'rib chiqadi. Ayni paytda Golovkin va Alvaresning
jamoalari revansh jangi bo'yicha muzokara olib borishyapti.
“Bir yilda 3 yoki 4 ta jang o'tkazishni istardim. Lekin hozirgi yoshimda buni amalga oshirish biroz qiyinroq. Agar Alvares revanj jangiga rozilik bermasa, u holda WBO chempioniga qarshi ringga chiqaman. Yagona maqsadim barcha chempionlik kamarlarini birlashtirish”, - dedi Golovkin.
Havola :
Fikrlar