30 jan 12:27
Yangiliklar
Gennadiy Golovkin: “Alvares emas, ko'proq men hakamlarning qaroriga qo'shilmaganman”
Bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazilgan va unda durang natija qayd etilgandi. Golovkin o'z intervyusida takroriy jangni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi.
“Men Alvaresga qarshi jangga tayyorman va bu bahsning o'tkazilishidan xursandman. Sabrsizlik bilan 5 may sanasini kutyapman. Qolaversa, bu jangni butun dunyo boks muxlislari kutishyapti. Sauldan ko'ra men hakamlarning birinchi jangdagi ayrim xulosalaridan norozi bo'lgandim. Men ringni jahon chempioni sifatida tark etaman”, - dedi o'rta vaznda WBC, WBA hamda IBF yo'nalishlari chempioni.
Eslatib o'tamiz, Gennadiy Golovkin va Saul Alvares o'rtasidagi jang 5 may kuni bo'lib o'tadi. Hozircha jangning o'tkazilish manziliga oydinlik kiritilmagan.
Fikrlar