10 apr 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

“Getji Fergyusonni nokaut qiladi”
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore Jastin Getjini Toni Fergyusondan ustun qo'ydi.
“Getji Tonini nokaut qiladi. Ularning har ikkisining ham kikboksingi juda kuchli. Har ikkisi ham raqibini yakson qilishga qodir. Menimcha, Getji Tonini jangning qaysidir qismida "tutish"ga erishadi va uni nokaut qilgan birinchi jangchiga aylanadi", - dedi Pore.
Eslatib o'tamiz, Pore faoliyati davomida Getjiga qarshi jang o'tkazib, raqibini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar