09 apr 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji Toniga qarshi jangga tayyormi?
UFC jangchisi Jastin Getji Toni Fergyusonga qarshi jangga qanchalik tayyorligini malum qildi.
“Menga qarshi jangda Toni aniq 18-19 daqiqa davomida qiynaladi. Zarbalarim kuchini juda yaxshi bilaman. Hozirda 90 foizga jangga tayyorman deb o'ylayman, balki jang kuniga kelib 95 foiz bo'lar. Oxirgi kunlarda tanamni ancha qiynamoqdaman, sababi so'nggi o'n kun ichida 5,5 kg vazn tashladim”,-dedi Jastin.
Eslatib o'tamiz, Jastin Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang qila olmasligi malum bo'lganidan so'ng, 18 aprel kungi turnirda ishtirok etishi malum bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar