11 may 16:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Getji Xabibni nokaut qila oladi
MMA afsonasi Jeff Monson vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji haqida fikr bildirdi.
Uning fikricha amerikalik chempion Xabib Nurmagomedovni nokaut qila olishga qodir.
«Getji bemalol istalgan raqibga bosh og'riq bo'ladi. Uni parter holatiga tushirish oson emas. Menimcha Xabib unga qarshi jangda turib jang qilmasa kerak. Sababi bu holatda Getji uni nokaut qila olishi mumkin. Ammo Xabib-Getji to'qnashuvida haqiqiy chempion g'alaba qozonadi. CHunki u boshqa darajadagi sportchi»,-dedi Monson.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini vaqtinchalik UFC kamari sohibi Jastin Getjiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar