So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

09 noy 19:30
Yangiliklar

Boks/MMA

GFC 20. Turnirida jang qiladigan sportchilarimiz, Otabek Umarovning faxriylar bilan uchrashuvi va boshqa malumotlar

Teglar :  Otabek UmarovGFC20
Oldinroq xabar berilganidek, 23 noyabr kuni Toshkent MMA qoidalariga muvofiq eng ajoyib sport turlaridan biri - aralash jang sanatlariga etiborni jalb qilish markaziga aylanadi.

O'zbekistonda bo'lib o'tadigan keng ko'lamli tadbir — GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni va rasmiy vakili UFCning engil vaznda amaldagi chempioni Xabib Nurmagomedov bo'ladi.

GFC musobaqalari Rossiyalik 12 sportchi va 8 nafar o'zbekistonlik sportchi ishtirokidagi 14 ta jangdan iborat bo'ladi. SHuningdek, 20-GFC musobaqasida ishtirok etish uchun Ozarbayjon, Franciya, Braziliya, Surinam, Tunis, Avstriya va Ukrainadan sportchilar tashrif buyuradilar.

SHu bilan birga, ushbu musobaqalar arafasida yana bir etiborli voqelik bo'lib o'tdi. O'zbekistonda Aralash jang sanatlari uyushmasi tashkil etildi. Uning prezidenti etib Otabek Umarov saylandi. Yosh sport tashkiloti rahbari o'z faoliyatini GFC 20 xalqaro turniridagi o'zbekistonlik ishtirokchilarga omad tilaklari bilan ulashishdan boshladi. Ular Akmal Amirov, Avliyoxon Hamidov, Jahongir Jumaev, Ahliddin Mirzadavlatov, Nursulton Ro'ziboev, Jamshid Rahmonaliev, Muzaffar Rajabov, Amin Ergashev. 

Umar Nurmagomedov va Nikita CHistyakov GFC engil vazn toifasidagi chempionlik uchun asosiy jangda uchrashadilar.

Taniqli sport faxriylari O'zbekiston uchun yangi yo'nalishdagi umidli sportchilarga xayrli safarni tilash uchun mashg'ulotlarga tashrif buyurdilar.

"Qarang, bokschilarimiz g'alabalari bilan qanchalik oldinga ildamlab, butun dunyoni ortda qoldirdi. Ular o'zbek sportining qudratini butun dunyoga namoyish etdilar. Yaqin orada sportchilarimiz aralash jang sanatlari bo'yicha ham shunday cho'qqilarni zabt etishiga shubhamiz yo'q, chunki ularda musobaqalarda qatnashish, mashg'ulotlar uchun barcha sharoitlar bo'ladi”, – dedi 5 sport turi bo'yicha Sovet ittifoqi sport ustasi Agzamjon SHokirjonov.

“Mamlakatimizda yosh va iqtidorli sportchilar uchun barcha sharoitlar yaratilganidan mamnunmiz. Men faqat sportchilarga maslahat beraman – o'zingizni, raqibingizni, sportingizni hurmat qiling, har bir sportchining o'z mamlakati borligini unutmang, bu g'alaba uchun asosiy turtki bo'lishi kerak”, – deb takidladi O'zbekiston Sport tashkilotlari faxriylari raisi Komiljon Xudoyberganov.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing