06 iyu 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Glovackiy jangsiz WBO kamarini qo'lga kiritdi
Polshalik bokschi Kshishtof Glovackiy birinchi og'ir vazn toifasining to'laqonli WBO chempioniga aylandi.
Kshishtof shu kungacha "vaqtinchalik" chempion maqomida bo'lib kelayotgandi. Ukrainalik mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikning superog'ir vaznga o'tganligi sababli Glovackiy WBO kamarining to'laqonli egasi bo'ldi.
Bu malumot tashkilot rasmiy saytida tasdiqlandi. 15 iyun kuni Riga shahrida Butunjahon boks superseriyasining yarim final jangida Glovackiy o'zining WBO kamarini Mayris Briedisdan himoya qiladi. Ushbu jang g'olibi Usikdan so'ng vakant qolgan WBC kamarini ham qo'lga kiritadi.
Havola :
Fikrlar