20 avg 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

G'oibnazarov bilan mashg'ulot o'tkazgan Krouford boks tarixidagi uchinchi mutloq jahon chempioni bo'ldi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHning Nebraska shtati Linkoln shahrida professional boks kechasi o'tkazilgan edi.
Oqshomning markaziy jangi mutloq jahon chempionligi uchun kechib, unda birinchi yarim o'rta vazn toifasi WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Terens Krouford ushbu vaznning IBF hamda WBA Super chempionlik kamarlari sohibi Julius Indongoga qarshi ringga ko'tarilgan edi.
Raqibini uchinchi raundidayoq nokautga uchratgan Krouford ushbu vazn toifasida mutloq jahon chempioniga aylanib, barcha chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirdi.
Bu bilan Terens Krouford bu vaznda boks tarixidagi mutloq jahon chempioni bo'lgan uchinchi charm qo'lqop ustasiga aylandi. Terensga qadar Bernard Xopkins va Jermeyn Teylor ham mutloq jahon chempionligi lazzatini totib ko'rishgan edi.
Havola :
Fikrlar