28 sen 07:55
Yangiliklar
G'oibnazarov jang qiladigan boks oqshomi chiptalarining narxi malum
Ushbu boks oqshomining markaziy jangi Vasiliy Lomachenko (9-1, 7 KO) ishtirokida o'tkaziladi. Ukrainalik 29 yoshli bokschi ikkinchi engil vaznda WBA chempioni kubalik 36 yoshli Gilermo Rigondo (17-0, 11 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jang birinchi engil vazn (59 kg) toifasida o'tkazilib, o'rtaga Lomachenkoga tegishli WBO chempionlik kamari qo'yiladi.
Tashkilotchi tomon, aniqrog'i Top Rank promouterlik kompaniyasi 9 dekabr kungi boks kechasiga chiqarilgan chiptalarning narxini elon qilishdi. Unga ko'ra, eng arzon chipta 56 dollar bo'ladi. CHiptalarni ticketmaster.com saytidan xarid qilish mumkin.
Eslatib o'tamiz, mazkur boks oqshomida hamyurtimiz Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov faoliyatidagi hisob bo'yicha to'rtinchi jangida ringga ko'tariladi. Uning raqibi rossiyalik Andrey Klimov bo'ladi.
Fikrlar