29 noy 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin Alvaresga qarshi afsonaviy “Acteka”da jang qilishga tayyor
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC, WBA Super, IBF hamda IBO yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin (37-0-1, 33 KO) meksikalik Saul Alvares (49-1-1, 34 KO)ga qarshi uning vatanida revansh jangi o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Alvaresga qarshi Mexikodagi afsonaviy “Acteka” stadionida revansh jangi o'tkazish taklifini qo'llab-quvvatlayman. Bu ajoyib g'oya. Men bunga tayyorman. Endi hamma gap Alvaresning o'zida qoldi”, – deya ESPN telekanaliga intervyu berdi qozog'istonlik chempion.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jang durang natija bilan yakunlangan edi. Alvares va Golovkin o'rtasidagi revansh jangi katta ehtimol bilan 5 may kuni bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar