05 iyu 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin: Alvaresga qarshi uchinchi jang qiyin, lekin qiziq bo'ladi
Qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin Saul Alvaresga qarshi o'tkazilishi mumkin bo'lgan uchinchi jang haqida gapirdi.
"Biz hozircha Saul Alvaresga qarshi uchinchi jang borasida muzokara olib borayotganimiz yo'q. Ammo, o'ylaymanki Stiv Rollsga qarshi jangdan so'ng biz bu borada muhokamalarni boshlaymiz. Uchinchi jang qiyin, lekin qiziq bo'ladi. Ishonamanki, unda g'alaba qozona olaman", - dedi Golovkin.
Eslatib o'tamiz, bungacha Golovkin va Alvares ikki marotaba jang o'tkazishgan. Ularning dastlabkisi durang, ikkinchisi esa meksikalik bokschining g'alabasi bilan yakunlangandi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar