09 iyu 12:11
Yangiliklar

Golovkin jang yakunlanishi bilan “Kanelo”ga “vyzov” tashladi
Qozog'istonlik bokschi bugun Nyu-Yorkda kanadalik Stiv Rollsni to'rtinchi raundda nokautga uchratib, raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. Golovkin jang yakunlanishi bilan Alvaresni o'zaro uchinchi jangda ringga chiqishga chaqirdi.
“Bugungi oqshom uchun barchaga rahmat. Raqibim yaxshi jang o'tkazdi. Stiv o'zini ijobiy tomondan ko'rsata oldi. Nokautlarim - bu mening shaxsiy “fishkam”. Yana bir necha yil bemalol jang o'tkaza olaman. O'zimni hozir shunday his qilyapman.
Men “Kanelo” bilan sentyabr oyidayoq uchrashishga tayyorman. “Kanelo”ni mag'lub etish yoki kamarlarni qaytarib olish? Bu unchalik ham muhim emas. Men shunchaki Alvaresni uchinchi hal qiluvchi jangda mag'lub etmoqchiman”, - dedi GGG.
Fikrlar