22 sen 17:30
Yangiliklar

Golovkin - Jeykobs jangi 10 dekabr kuni o'tkazilishi mumkin
Saul “Kanelo” Alvares Liama Smitga qarshi jangda jarohat olganidan ushbu jangning o'tkazilish ehtimoli ortdi. Barmog'idan olgan jarohat sabab Alvares 10 dekabrga belgilangan jangini o'tkazmasligi mumkin.
Endi ushbu jang o'rnini aynan Golovkin - Jeykobs bahsi egallashi mumkin. CHunki, Alvaresning HBO telekanali bilan tuzgan shartnomasida yil davomida o'tkaziladigan ikkita jangidan biri bepul kanalda ko'rsatilishi shart. O'sha jang aynan 10 dekabrga belgilangan edi.
Jeykobsni Nyu-Yorkda yaxshi bilishlari, qozog'istonlik Golovkinning bu shaharda bir nechta janglarni o'tkazganligini inobatga olsak, ushbu to'qnashuvning amalga oshish imkoniyati yuqori. Boz ustiga, shahardagi Madison Square Garden va Barclays Center arenalari 10 dekabr kuni band qilinmagan.
Fikrlar