16 may 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Golovkin vs Alvares. Trilogiya bo'yicha yangi "info" taqdim etildi
O'rta vazn toifasining eng nomdor bokschilari - Gennadiy Golovkin hamda Saul "Kanelo" Alvares o'rtasidagi uchinchi jang bo'yicha yangi malumot berildi.
Britaniyalik promouter Eddi Xirn trilogiyani shu yilning qish faslida o'tkazishi mumkinligini aytdi. O'rta vaznda IBF chempioni bo'lib turgan Gennadiy Golovkin avgust oyida polshalik rasmiy davogar Kamil SHeremetdan kamarini himoya qiladi. Sentyabrda esa ikkinchi o'rta vaznda WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders hamda Saul Alvares jangi tashkil etiladi.
"Gennadiy hozir SHeremetaga qarshi jang o'tkazishga majbur. U jang shartnomasiga imzo chekkan. Reja bo'yicha bu jang avgust oyida o'tkazilishi kerak. Kanelo - Billi Jo Sonders jangi yuzasidan ham kelishuvga erishganmiz. Alvares - Golovkin jangini esa dekabrda o'tkazamiz", - dedi Xirn.
Havola :
Fikrlar