25 okt 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Golovkin yaponiyalik chempionga qarshi jang qilishi mumkin
Gennadiy Golovkinning jamoasi Saul Alvaresga qarshi jangdagi durangdan so'ng revansh jangni rejalashtirmoqda.
Agar ushbu to'qnashuv bo'lmasa promouter Bob Arum qozog'istonlik bokschiga boshqa variant taklif qilmoqchi.
"Barchasi sharoitga bog'liq. Agar Alvares Golovkinga qarshi jang qilishni istamasa, Golovkin Murataga qarshi Tokioda jang o'tkazishi mumkin. U katta jang bo'ladi. SHuningdek, Gennadiy yutsa ham ushbu jangni o'tkazsak bo'ladi.
Umuman ushbu jang bo'lib o'tishi kerak. Murata kuchli raqiblar bilan jang qilmoqchi. SHuningdek, Golovkin bilan jangga ham yo'q demaydi", - deydi Arum.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar