14 okt 11:58
Yangiliklar

Golovkinning qachon ringga qaytishi mumkinligi aytildi
"Endi biz DAZN bilan muzokaralar stoliga o'tirishimiz kerak. Ular nima istashayotganini bilishimiz lozim. Endi Golovkin kamarini himoya qilishi lozim. IBF va IBO nima istayotganini ham bilishimiz kerak. Golovkin kelasi yil boshida qaytmoqchi ekanligini bilaman.
Alvares haqida gapiradigan bo'lsak, u Kovalyov bilan jang qiladi. Bu ajoyib jang bo'ladi. Kaneloga qarshi uchinchi jangni o'tkazamiz deb o'ylagandik. Buni DAZN bilan muhokama qilamiz", - dedi Leffler.
Eslatib o'tamiz, Golovkin 6 oktyabr kuni Nyu-Yorkda hakamlar qarori evaziga Sergey Derevyanchenkoni mag'lub etgandi va IBF va IBO kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Qayd etish lozimki, ikki safardan buyon hamyurtimiz Isroil Madrimov Gennadiy Golovkin bilan bir oqshomda jang olib bormoqda.
Fikrlar