24 sen 16:02
Yangiliklar
Futbol

Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yin haqida: "Faoliyatimda hech qachon bunchalik uzoq himoyalanmaganmiz"
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi bahsda raqibga moslashib o'ynagani haqida gapirdi.
"SHaharliklar"ning bosh murabbiyi o'z jamoasining APLda ko'proq mudofaada o'ynayotgani haqidagi iddaolarga javob berdi.
"Manchester Siti" APLning 5-turida "kanonirlar" bilan durang o'ynadi (1:1).
"Bazida raqib bizdan kuchliroq bo'ladi. CHuqur mudofaada o'ynaganimizda – raqib kuchliroq yoki biz o'ta yomon o'ynayotganimiz uchun bo'ladi.
Faoliyatimda hech qachon bunchalik uzoq va jamoaviy ravishda chuqur mudofaada o'ynamagandik. Hech qachon. Biz buni "Arsenal"ga qarshi bahsda amalga oshirdik va men buni kelajagimiz uchun juda ijobiy narsa deb hisoblayman", – dedi Gvardiola.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar