18 jan 12:57
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola Gexining tranferi bo'yicha berilgan savolga javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Mark Gexi haqida savolga javob berdi.
"Klubdan hech qanday rasmiy malumot olganim yo'q. Sizlar eshitgan bo'lsangiz, men klubdan so'rab bilib olaman. Bilishimcha, bu transfer amalga oshishga yaqin turibdi. Ammo men hozirgina Ferran Soriano va Ugu Viana bilan gaplashdim. Ular menga hech qanday yangilik aytishmadi", - deb fikr bildirdi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "shaharliklar" Gexini 20+10 million evroga sotib olishi haqida xabarlar chiqqandi.

Havola :
Fikrlar