18 mar 09:23
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola Husanovning kechagi "Real"ga qarshi o'yini haqida gapirdi
"Manchester Siti" klubi kecha tunda "Etixad Stedium"da Evropa CHempionlar Ligasi doirasidagi javob o'yinida Madridning "Real" jamoasini qabul qildi.
"SHaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkibdagi futbolchilar, xususan Abduqodir Husanovning joriy mavsum ECHLdagi debyuti haqida gapirdi.
"Husanov uchun bu CHempionlar ligasidagi birinchi tajriba yili bo'ldi. Rayan SHerki uchun ham ilk tajriba. Antuan Semeno esa "Bernabeu"da CHempionlar ligasidagi debyutini o'tkazdi.
Vaqt kerak. Bu erdagi birinchi mavsumlarimiz ham doim ideal bo'lmagan; "Monako"ga qarshi o'yinda ham shu bosqichda chiqib ketganmiz. Ko'p yangi o'yinchilar bor, lekin men juda ko'p yaxshi narsalarni ko'rdim. Umumiy olganda fikrim ijobiy", - dedi Gvardiola.

Havola :
Fikrlar