25 dek 19:01
Yangiliklar
Futbol
Gvardiola "Manchester Siti"ning ortiqcha vaznli futbolchilarini chetlashtiradi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 3 kunlik tatildan ortiqcha vazn bilan qaytgan jamoa o'yinchilarini Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasidagi "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinga qo'ymasligini malum qildi.
SHanba kuni "shaharliklar" APLning 17-turida "Vest Xem"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi va shundan so'ng bir necha kunlik tatilga chiqdi.
"3 kunlik tatildan qaytgach, ularning holatini tekshiraman. Ular ovqatlanishi mumkin, lekin nazoratda bo'lishlarini unutmasliklari lozim. Tasavvur qiling: hozir ideal holatdagi futbolchi qaytib kelganda 3 kiloga og'irlashib qolsa. U Manchesterda qoladi, "Nottingem Forest" bilan o'yinga bormaydi", – dedi Gvardiola.
Ayni paytda "Manchester Siti" 17 o'yindan so'ng 37 ochko bilan APLda ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Nottingem Forest"ga qarshi bahs 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : The Times
Fikrlar