18 okt 18:17
Yangiliklar

Gvardiola qachon faoliyatida tanaffus qilishini aytdi
— Bu haqda, ehtimol, faqat 2035 yillarda o'ylab ko'raman. Bir ishni uzoq yillar davom ettirsangiz, baribir hammasida o'zgarishlar bo'ladi. Bu tabiiy jarayon — klub ham, futbolchilar ham, murabbiy ham buni his qiladi, — dedi Gvardiola.
— Hozir biz avvalidagi jamoa emasmiz. Bunga ko'p sabablar bor. Klub rahbariyati bilan munosabatlarim mustahkam, ammo gap faqat men haqimda emas — jamoani tark etganlar ham ko'p, jumladan, shtab azolarimdan bazilari ham. Har kimning o'z maqsadi va qarashi bor. Ammo hozir men shu erdaman, sizning oldingizdaman — eng muhimi shu. Qolganini keyin ko'ramiz, — deya qo'shimcha qildi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon "Manchester Siti" jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Fikrlar