So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

12 noy 18:10
Yangiliklar

Futbol

Gvardiola yozda "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin

Pep Gvardiola 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach "Manchester Siti" bosh murabbiyligi lavozimini tark etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar berdi The Times.

54 yoshli kataloniyalik murabbiy hali o'z kelajagi haqida qaror qabul qilmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Gvardiola har doim shartnomalarini oxirigacha bajargan, ammo manbalarning aytishicha, keyingi yozda uning ketishi ehtimoldan xoli emas.

Tahlilchilarning fikricha, 2026 yil Pep uchun ketish uchun qulay vaqt bo'lishi mumkin — jamoa tarkibi yangilandi, murabbiy barcha sovrinlarni yutdi va o'n yil bir klubda ishlash katta muddat hisoblanadi.

SHu bilan birga, "Manchester Siti"ga qarshi 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik ayblovlari bo'yicha qaror hali chiqarilmagan. Klub ayblovlarni rad etmoqda va o'zini oqlaydigan "ishonchli dalillar" borligini bildirgan.

Gvardiola 2023 yilda ham: "Men hatto Birinchi ligada bo'lsa ham "Siti"ni boshqaraman", — degan edi.

Pepning klubda qolishida katta rolni raisi Haldun al-Muborak o'ynagan. Ular o'rtasida yaxshi munosabatlar bor. SHuningdek, Gvardiola yangi sport direktori Ugu Viana bilan ham yaxshi ishlab kelmoqda — uning mehnatsevarligi va yopiq muhitdagi muloqotga ochiqligi Pepni hayratga solgan.

Ayni paytda, so'nggi mavsum murabbiydan juda ko'p kuch talab qilgani aytiladi. Gvardiola keyingi yozda ketadimi-yo'qmi, bu uning yangi kuch topa olishiga bog'liq bo'ladi.

Klub esa ehtimoliy vorisni topish masalasini ham ko'rib chiqmoqda. Pep zarurat bo'lsa, keyingi bosh murabbiy tanlovida maslahat berishga tayyor.

"Manchester Siti" ichida sobiq sardor Vensan Kompani katta qo'llovga ega, ammo u yaqinda "Bavariya" bilan 2029 yilgacha shartnoma imzolagan. SHuningdek, "Marsel" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi va "Bornmut"ni boshqarayotgan Andoni Iraola ham klub rahbariyati diqqat markazida.

Avval Gvardiola "Siti"dan keyin Italiyada ishlashni rejalashtirgan, ammo so'nggi yillarda Seriya A darajasi pasaygani sababli, endi uning terma jamoa murabbiyligiga tayinlanishi ehtimoli yuqori deb baholanmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing