08 sen 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Hamyurtimiz Rossiyada chempionlik kamarini himoya qildi
Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov o'ziga tegishli WBA Asia chempionlik kamarini himoya qildi. Uning raqibi filippinlik Roldan Aldi bo'ldi.
O'n raunddan iborat ushbu chempionlik jangi to'liq davom etdi va g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Uchchala hakam ham bir ovozdan 98:91, 97:92, 98:91 hisobidagi g'alabani charm qo'lqop ustamizga taqdim etdi.
Ravshanbek o'zining 10-jangida 10-g'alabasiga erishdi. Ettita jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan. 25 yoshli Roldan esa 23-jangida ringga chiqdi. Hisobida 14 ta g'alaba, 7 ta mag'lubiyat va bitta durang bor edi. Kecha oqshom sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar