So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

16 noy 20:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov ertaga tongda prof boksda debyut qiladi, uning 19 yoshli raqibi 16 ta jang o'tkazgan

Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Meksikaning Guanaxuato shtati mamuriy markazi hisoblangan San-Migel-de-Alende shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.

Plaza De Toros arenasida o'tuvchi ushbu boks oqshomidan jami 11 ta jang o'rin olgan. Biz uchun ahamiyatlisi, anderkard jangdan avval, yani oxiridan hisoblaganda, uchinchi jangda hamyurtimiz Hasanboy Do'smatov ringga ko'tariladi.

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni o'zining prof boksdagi debyut jangida meksikalik 19 yoshli bokschi Xesus Servantes Villanuevaga qarshi ringga chiqadi. Xesus yosh bo'lishiga qaramay, prof ringda 16 ta jang o'tkazgan. To'qqizta jangda g'alaba qozongan, shularning 5 tasi nokaut bilan. Hisobida 7 ta mag'lubiyat bo'lib, qizig'i, ularning barchasida nokautga uchragan. Barcha janglarini Meksikada o'tkazgan. Hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini shu yilning 4 oktyabr kuni Abraxam Rodrigesga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan.   

Bugun bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Do'smatov 48 kg 200 gramm tosh bosdi. Boks oqshomi afsonaviy Oskar De La Xoyyaga tegishli Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
16 noy 22:28:37
Boks boks
Ёшлар уртасидаги осиё чемпинати сайд айтиваринлар илтимас
   
16 noy 22:15:19
Jalol Axmedov
uzr men adashibman
   
16 noy 22:10:30
Adhamjon
Olipiada chempioni uchun bunaqa saviyasi past bokschi va boks kechalari. ....... uvolmasmi???
   
16 noy 21:49:32
Jalol Axmedov
golden boy Delahoyanikimas Erik gomesniki. Delahoya boshqaruvchilardan bittasi holos
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing