So’nggi yangiliklar

19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0 17:17Дана Уайт UFC жангчилари шартномалари бўйича музокаралардан четлашганини айтди 0 16:52UFC чемпиони Том Аспиналл енгил машғулотларни бошлаганини айтди 0 16:30Хосе Мария Мендес: "Ўзбекистон футзалидаги яна бир янги саҳифани бошлашдан хурсандман" 0 16:01"Энди бу билан шуғулланишни истамайман" - Чисора фаолиятини якунлаганини тасдиқлади 0 15:39Арман Царукян Махачев — Топурия эҳтимолий жангининг ғолибини айтди 0 15:16Расман! Достон Бозоров Mangu 2 турнирида жанг қилади. Рақиб ҳам маълум (ПОСТЕР) 0 14:55Валерий Кечинов: "Жаҳон чемпионатида Ўзбекистонга қарши ўйнаш ҳеч кимга, ҳатто Португалияга ҳам осон бўлмайди" 0 14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0 13:52“Янги Ўзбекистон талабалар Олимпиадаси”га старт берилди 0

25 noy 16:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov ko'cha jangida ishtirok etdimi? (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda o'zbek bokschisi Hasanboy Do'smatov ko'chada kim bilandir kelisholmay raqibini super nokautga uchratgani tasvirlangan video tarqaldi.

Xabardor.uz muxbiri ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida O'zbekiston professional boks federaciyasi bilan bog'landi. Federaciya vakilining malum qilishicha, video tasvirdagi shaxs Hasanboy Do'smatov emas.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni 2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov professional boksdagi ilk jangini o'tkazgan edi. Meksikada tashkil etilgan debyut jangini u meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevaga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. 

Hasanboy professional faoliyatini birinchi o'ta engil – 48,99 kg. vazn toifasida boshladi.

Daryo.uz sayining malum qilishicha, ushbu janjal aslida O'zbekistonda emas, balki Rossiyada yuz bergan. Videodagi jabrlanuvchi CHechenistonning Argun shahri policiyasining sobiq rahbari Ayub Kataevdir.

Ayub Kataevni 3 noyabr kuni Moskvadagi to'qimachilik korxonasi yaqinida joylashgan bar oldida kaltaklashgan.

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, Kataev osiyocha ko'rinishga ega ikki erkak bilan tortishib qolgan. Kataev ulardan birini turtgan. SHundan so'ng erkaklar uning jag'iga ikki marta tushirib, erga yiqitgan.

Janjaldan biroz vaqt o'tib, Kataev IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, chechenistonlik policiyachini urgan erkaklarning shaxsi aniqlanmagan.


Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing