So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

03 iyu 12:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Hasanboy Do'smatov "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shayotgan bir guruh yoshlarga “O'zbekiston belgisi” ko'krak nishoni topshirildi

Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar berdi.  

Tadbirda ishtirok etganlar Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimiz yoshlari har tomonlama qo'llab-quvvatlanayotgani, ular o'z iqtidori va salohiyatini namoyon qilishlari, yuksak ilmi, fidoyiligi bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishlari uchun barcha sharoit mavjudligini alohida takidladi.

Marosimda ilm-fan, madaniyat, sanat, talim, sog'liqni saqlash, jurnalistika, qishloq xo'jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o'qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan vakillari qatori 3 nafar sportchilarimiz ham “O'zbekiston belgisi” bilan taqdirlanishdi.

Boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari chempioni Hasanboy Do'smatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yo'nalishida "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.

Mazkur ko'krak nishoniga yana bir necha sportchimiz, jumladan Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbaeva (sambo) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) ham sazovor bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing