20 noy 08:03
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatov: Uzog'i bilan to'rtinchi jangim WVA kamari uchun o'tkaziladi
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni saytimizga bergan intervyusida o'z rejalari bilan o'rtoqlashar ekan, uchinchi, uzog'i bilan to'rtinchi jangida WVA chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishini malum qildi.
“Yangi yilgacha O'zbekistonda bo'laman. Bayramni o'tkazgach, yana AQSHga jo'nab ketaman. Uchinchi yoki to'rtinchi jangim to'laqonli jahon chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi. 2020 yilning oxirlarida bu rejani amalga oshirish uchun urinib ko'ramiz. Hozir WVA kamariga tailandlik bokschi egalik qilmoqda. Menejerlarimiz bu borada harakatlarni boshlab yuborishgan”, - dedi Do'smatov.
Eslatib o'tamiz, Hasanboy Do'smatov debyut jangini Meksikaning Guanaxuato shtati mamuriy markazi hisoblangan San-Migel-de-Alende shahrida 19 yoshli mezbon boschi Xesus Servantes Villanuevaga qarshi o'tkazib, raqibini ikkinchi raunddayoq kuchli zarba evaziga nokautga uchratgandi.
Fikrlar