18 noy 18:01
Yangiliklar
Hasanboy Do'smatovning ikkinchi jangi kamar uchun bo'lib o'tadi
CHarm qo'lqop ustamiz Meksikaning Guanaxuato shtati mamuriy markazi hisoblangan San-Migel-de-Alende shahrida o'tgan professional boks kechasida meksikalik 19 yoshli Xesus Servantes Villanuevani ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bizga bergan intervyusida Hasanboy rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozir Vatanga qaytyaman. Yangi yil bayramini oila azolarim davrasida o'tkazganimdan so'ng yana AQSHga jo'nab ketaman. Ikkinchi jangim chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi. O'z vazn toifamda Qitalararo WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqaman. Aslida bu kamar uchun debyut jangimdayoq ringga ko'tarilishim kerak edi. Lekin Xitoy vizasi o'z vaqtida chiqmagani uchun, CHin yurtiga belgilangan jangga bora olmadik. WBA Intercontinental kamari uchun jang aynan Xitoyda shhtkazilishi kerak edi", - dedi Do'smatov.
Fikrlar