So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

09 mar 16:38
Yangiliklar

Futbol

Hujumchini sabr bilan kuzatib boradi, orqa tomonida bo'sh hudud ochib qo'ymaydi... Abduqodir Husanovning o'yini tahlil qilindi

Tahlil va skautingga ixtisoslashgan "Green Time" Telegram kanali Abduqodir Xusanovning o'yinini tahlil qilib chiqdi.

"Abduqodir Husanov — toza himoyaviy mexanikaga tayanadigan himoyachiga yaqqol misol.

Gvardiola yana bir bor mashg'ulot jarayoni orqali futbolchini mutlaqo boshqa darajaga olib chiqishni qanchalik yaxshi bilishini ko'rsatmoqda. Husanov doimiy ravishda o'sib bormoqda: hozirda u hujumchini sabr bilan kuzatib boradi, orqa tomonida bo'sh hudud ochib qo'ymaydi va raqib to'pga ortiqcha tega boshlagan paytdagina tashlanadi. SHu sababli uni birga bir holatda juda kam aldashadi. Uning tezligi ham juda rivojlangan — har qanday vinger ham undan qochib ketolmaydi.

Uzoq masofaga yuqori tezlik, kuchli birinchi qadam va yaxshi koordinaciya unga yuqori himoya chizig'ida ishonchli o'ynash imkonini beradi. Hatto raqib bo'sh hududga chiqib olsa ham, Husanov sprint hisobiga poziciyasini qayta tiklashga erishadi.

Roy Kin:

"Har qanday murabbiyning orzusi — egosi yo'q va kamera uchun harakat qilmaydigan futbolchini o'ynatish".

Eng muhimi, u ruhiy jihatdan ham qo'shdi: ham to'p bilan, ham dunyo futbolining eng yaxshi vingerlariga qarshi duellarda shoshqaloqlikni tashladi", – deyiladi postda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing