So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

12 iyu 17:49
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" Qozog'iston chempionatiga qaytmoqda

Teglar :  Humo
O'zbekistonning "Humo" jamoasi Qozog'istonning "Pro Hokei Ligasy"da ishtirok etadi.

Bu borada O'zbekiston xokkey federaciyasi kelishuvga erishgan. Yaqin orada ishtirok bilan bog'liq boshqa meyoriy hujjatlar rasmiylashtiriladi. 

Eslatib o'tamiz, Toshkent jamoasi bungacha Qozog'iston chempionatida qatnashgan. Debyut 2019-20 yilgi mavsumda jamoa 10-o'rinni egallagandi. 

Andrey Sachuk, QHL boshqaruvchi direktori: 

- "Humo"ning ishtiroki chempionatimiz uchun ijobiy holat. Sog'lom raqobat xech kimga zarar qilmaydi. Toshkent klubi ligadagi dastlabki mavsumdan keyin ham ishtirokchilar safida qolmoqchi edi, lekin koronavirus bilan bog'liq cheklovlar bunga halal berdi. Endi esa barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz va  "Humo"ning qaytishi xokkey rivojiga xizmat qiladi. Ehtimol bu Qozog'iston chempionatida ishtirok etishni istaydigan boshqa mamlakat jamoalari uchun stimul bo'lar. SHuni qo'shimcha qilmoqchimanki,  "Humo" avgustning ikkinchi yarmida bo'ladigan Qozog'iston kubogida ham qatnashmoqchi.


Baxodir Gafurov, O'zbekiston xokkey federaciyasining birinchi vice-prezidenti:

"Humo" o'yinga qaytmoqda. Yangi mavsumda klub koronavirus sababli yuzaga kelgan ikki yillik tanaffusdan so'ng "Pro Hokey Ligasy"dagi ishtirokini boshlaydi. Umid qilamanki, bu O'zbekiston va Qozog'iston xokkey muxlislarini xursand qiladi. Qozog'iston chempionatida mahoratli jamoalar yig'ilgan, umuman olganda daraja yuqori. Ishonchim komilki,  "Humo"ning turnirdagi ishtiroki mamlakatimizda xokkeyning ommaviylashuvi va rivojiga xizmat qiladi.

Avvalroq, "Humo" xokkey klubining yaqin orada yana katta musobaqalarga qaytishi haqida xabar bergan edik.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing