17 avg 16:59
Yangiliklar
"Humo" yana uch nafar xujumchi bilan shartnoma imzoladi
2019-2020 yilgi mavsumda "Humo" sharafini himoya qilgan Javohir Rasulov jamoaga qaytdi.
Asli toshkentlik bo'lgan Samara xokkeyi tarbiyalanuvchisi Javohir Rasulov 2019/2020 yilgi mavsumda OXLda “Humo” va Qozog'iston Respublikasi Ochiq chempionatida “Humo-2” tarkibida o'yinagan. Rasulovning so'ngi jamoasi Belarus ikkinchi ligasidagi ishtirok etuvchi "Vitebsk" XK bo'lgan. Javohir o'tgan mavsumda Toshkentda murabbiy bo'lib ishlagan.
Novokuzneckning “Metallurg” klubi tarbiyalanuvchisi Yuriy Nazarov ham jamoa bilan shartnoma imzoladi. KXLda "Metallurg" va "Amur" tarkibida 86 ta o'yin o'tkazib, 15 (7 + 8) ochko to'plagan xokkeychi o'tgan mavsumda Ruminiya chempionatida o'ynadi va 26 o'yinda 55 (20+35) ochko to'plashga erishdi.
"Humo" o'z tarkibiga qo'shib olgan uchinchi xokkeychi German Saukov. Xokkeyga ilk qadamlarini Bishkekda qo'ygan German Saukov keyinchalik Rossiyaga ko'chib o'tgan. MXLda u 81 o'yin o'tkazib, 37 (11 + 26) ochko to'plagan. So'ngi klubi - "Saxalin Akulalari".
Fikrlar