24 sen 10:12
Yangiliklar
Futbol

Husanovning jarohat sabab qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
"Manchester Siti" himoyachisi "Arsenal"ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan edi.
Terma jamoamiz himoya qo'rg'oni jarohati sababli taxminan bir oy maydonga tusha olmaydi.
U bugun bo'lib o'tadigan Liga kubogida "Xaddersfild"ga qarshi maydonga tushmaydi. SHuningdek, Husanov "Byornli" va "Monako"ga qarshi o'yinlarni ham o'tkazib yuboradi. Hamyurtimiz maydonga oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan so'ng qaytadi.
SHu tariqa, 21 yoshli himoyachimiz O'zbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig'inida ham ishtirok etmaydi.
Havola :
Fikrlar