11 iyu 14:18
Yangiliklar
IBA Xalqaro Olimpiya qo'mitasining qaroriga qarshi appelyaciya berdi
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) SHveycariya Federal Oliy sudiga Sport arbitraj sudi (CAS)ga Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) IBA'ni boksning qonuniy boshqaruv organi sifatida tan olinishini bekor qilish haqidagi qarorini o'z kuchida qoldirgan qarori ustidan shikoyat qildi.
"Ishonchimiz komilki, CAS XOQ qaroriga qarshi shikoyatimizni asosli ravishda rad eta olmaydi, CAS hukmni noqonuniy deb hisoblaydi. So'nggi yillarda tashkilotimiz sportimizdagi shaffoflik va boshqaruv standartlarini takomillashtirish, XOQ tomonidan qo'yilgan maqsadlarga qanday qilib erishish bo'yicha maslahat berish uchun mustaqil ekspertlarni jalb qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. O'ylaymizki, CAS qarori qabul qilingan ushbu qadamlarni etarlicha hisobga olmaydi", deyiladi IBA rasmiy saytida.
Fikrlar