06 avg 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA

IBF Derevyanchenko - Golovkin jangiga sankciya elon qildi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkinning ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi chempionlik jangiga sankciya elon qildi.
Tashkilot rahbari Jannet Salazarning takidlashicha, bokschilarning vakillari bir oy ichida jangni qachon va qaerda o'tkazishni kelishib olishlari kerak.
Avvalroq, vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun jang 5 oktyabrda o'tkazilishi mumkinligi malum qilingandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar