10 avg 16:32
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/80506_220.jpg)
IBF Kommi - Lopes jangi o'tkazilishini elon qildi
Xalqaro boks federaciyasi (IBF) engil vazn toifasida ushbu yo'nalish chempioni Richard Kommi hamda rasmiy davogar Teofimo Lopes o'rtasida jang o'tkazilishini majburiy qilib qo'ydi.
Endi Kommi har qanday holatda ham Lopesga qarshi ringga ko'tariladi. Aks holda chempionlik kamarini vakant qoldiradi, yani topshiradi. Bokschilarning jamoalari 30 kun ichida o'zaro jang shartlari bo'yicha kelishib olishlari shart.
Kelishuvga amalga oshmagan taqdirda, qolgan promouterlar o'rtasida ochiq savdo amalga oshiriladi. Jang g'olibi kelasi yili Lomachenko - Kempbell jangi g'olibiga qarshi mutloq chempionlik uchun ringga chiqish huquqini qo'lga kiritadi.
Havola :
Fikrlar