19 may 17:25
Yangiliklar
Tennis
Iga Svyontek bir mavsumda Rim va Madridda chempion bo'lgan uchinchi tennischi
Dunyoning birinchi raketkasi Iga Svyontek kecha Rim shahrida yakuniga etgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir g'olibiga aylangandi.
Polshalik tennis malikasi hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning ikkinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkodan ortiqcha qiyinchiksiz ustun kelgandi - 6/2, 6/3.
31 may kuni 23 yoshga to'ladigan Iga bir mavsumda ham Madrid, ham Rim shahridagi WTA 1000 turniri chempioni bo'lgan tarixdagi uchinchi tennischiga aylandi. Bu ishni unga qadar rossiyalik Dinara Safina (2009) hamda amerikalik Serena Uilyams (2013) amalga oshirgan edi.
Bundan tashqari, Iga Svyontek kamida 10 ta WTA 1000 turniri bosh sovrinini qo'lga kiritgan eng yosh tennischi ham bo'ldi. Avvalgi rekord Viktoriya Azarenkoga tegishli edi (31 yoshu 29 kunlik).
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar