So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

12 okt 18:08
Yangiliklar

Futbol

Igor Sergeev: "Urugvayni “ikkinchi tarkib" deb ajratish noto'g'ri”

Teglar :  Igor Sergeev
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Urugvayga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uzoq vaqt uchib keldik. Masofa katta va parvoz oson o'tmadi. Eng muhimi etib keldik va joylashib oldik. Birinchi mashg'ulotni ham o'tkazib oldik. Endi Urugvayga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Urugvayning asosiy tarkibi yoki “ikkinchi” tarkib deb ajratish noto'g'ri nazarimda. Urugvay yoshlari ham juda yuqori darajadagi futbolchilar. Birinchi navbatda o'zimiz yaxshi tayyorlanishimiz kerak. Video tahlillarni ko'rib chiqishimiz va o'yinga to'g'ri yondashish. Urugvayning o'yinini to'liq tomosha qilmadim. Gol urilgan vaziyatlarni va hujumlarini ko'rib chiqdim. Umumiy xulosaga egamiz va albatta ertaga yanada chuqurroq o'rganamiz. Ikkinchi tarkibda ishtiyoq va motivaciya ko'proq bo'lishi ham mumkin. Sababi yoshlar asosiy tarkibdan joy olishga va murabbiylarga o'zini ko'rsatishga harakat qiladi.

Havo biroz issiq, namlik yuqori. Men Tailand chempionatida o'ynaganman va ushbu mintaqa iqlimi menga tanish. Ayni damdagi ob-havo yaxshi hisoblanadi. Bundan-da issiqroq ob-havo ham bo'ladi. Menga o'rganib bo'lganman, qolgan yigitlarga ob-havo qanday tasir qiladi, bilmadim", — dedi hujumchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing