26 okt 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki bokschimiz Butunjahon armiya o'yinlarida oltin medalga sazovor bo'ldi
Xitoyda harbiy sportchilar o'rtasida Butunjahon armiya o'yinlari yakuniga etib bormoqda.
Avvalroq ikki nafar bokschimiz musobaqada kumush medal sohibiga aylangani haqida xabar bergandik.
Biroz avval ikki bokschimiz delegaciyamiz hisobiga ikkita oltin medalni qo'shib qo'ydi.
-81 kg vaznli bokschimiz Kozimbek Mardonov finalda misrlik Abdulrahmon Orabini mag'lub etdi va oltin medal sohibiga aylandi.
-91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Madiyar Saidrahimov finalda qozog'istonlik Abzal Quttibekovni taslim etdi va oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
Avvalroq bokschilarimiz SHunqor Abdurasulov va Bilolbek Mirzarahimov musobaqa kumush medaliga sazovor bo'lishgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar