16 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki bor nokdaunga uchragan Korrales chempionlik kamarini himoya qildi
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBA (Super) yo'nalishi chempioni Xesreel Korrales AQSHda bo'lib o'tgan boks oqshomida titulini himoya qildi.
Panamalik 26 yoshli chempion meksikalik 35 yoshli davogar bokschi Robinson Kastelanosga qarshi ringga ko'tarildi. Garchi Korrales jang mobaynida ikki bor nokdaun holatiga tushib qolgan bo'lsa-da, yakunda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Jangning o'ninchi
raundida bokschilarning boshlari to'qnash ketdi. Natijada Kastallanosning boshi
yorildi. Referi jangni to'xtatdi va qoidaga muvofiq g'olib nomi o'tkazilgan 10 raund yakunlariga ko'ra aniqlandi. Unda 94-94, 94-93, 96-92 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar