24 may 20:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/119577_220.jpg)
Ikki karra Olimpiada chempionida koronavirus aniqlandi
Milliy basketbol associaciyasi (MBA) yulduzlaridan biri, ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni amerikalik Patrik Yuingda koronavirus infekciyasi aniqlandi.
Bu haqida basketbolchining o'zi ijtimoiy tarmoqda malum qilgan.
“SHu xabarni Sizlarga aytmoqchi edimki, mening koronavirusga topshirgan tahlillarim musbat natija ko'rsatdi. Bu virus juda jiddiy bo'lib, engil va tez yuquvchi ekan. Har biringizga uyingizda qolib, o'zingiz va yaqinlaringizni asrashingizni bildirib qolaman”, – deya post qoldirgan Yuing.
Eslatib o'tamiz, Patrik Yuing “Drim Tim”, yani “Orzular jamoasi” nomini olgan basketbol bo'yicha AQSH terma jamoasi safida Los-Anjeles-1984 va Barselona-1992 Olimpiya o'yinlarida g'alaba qozongan. Hozirda “Jorjtaun Xoyyas” jamoasini boshqarib kelmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar