So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

28 jan 17:17
Yangiliklar

Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Ikki karra Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Komiljon To'xtaev Qishki Osiyo o'yinlarida debyut qiladi, u musobaqa haqida nimalar dedi?

MOQ matbuot xizmati Olimpiya o'yinlarining ikki karra ishtirokchisi Komiljon To'xtaev bilan kichik suhbat tashkil etdi.

Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlarida qatnashadigan To'xtaev hozirda Italiyada so'nggi tayyorgarlikni olib bormoqda.

– Bo'lajak O'yinlarga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

"Bu mening faoliyatimdagi yangi musobaqa. Tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tyapti. Mashg'ulotlarda har bir burilishdan so'ng tezlikni oshira olishim uchun muvozanatni saqlab turishga harakat qilyapman. Hozir etibor qaratishim kerak bo'lgan asosiy jihat shu".

– Xarbinda o'z oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

"Qishki Osiyo o'yinlarida shohsupaga ko'tarilish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Biroq sportda oldindan biror narsani aytish qiyin. Eng asosiysi – trassani imkon boricha tezroq va xatolarsiz bosib o'tish. Mana shu muhim ikki ishni amalga oshira olgan sportchi o'zi uchun medalni kafolatlashi mumkin bo'ladi".

– Medallar uchun raqobatda kimlarni sanab o'ta olasiz?

– SHarqiy mamlakatlarda startga chiqmaganimga ancha bo'lgan. Ko'plab chang'ichilar, ularning imkoniyatlari haqida malumot deyarli yo'q. Lekin ushbu sportning davlatlardagi rivojlanganlik holatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Janubiy Koreya va Yaponiya jamoalari asosiy raqobatchi bo'ladi", deydi sportchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing