26 okt 12:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki mashhur bokschimizga leytenant unvoni topshirildi + FOTO
Yana ikki nafar sportchimiz harbiy unvon bilan taqdirlandi.
Kuni kecha O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan bokschilarimiz SHahobiddin Zoirov va Isroil Madrimov harbiy unvon bilan taqdirlandi.
Olimpiya o'yinlari va jahon chempioni SHahobiddin Zoirov, shuningdek Osiyo chempioni, professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan Isroil Madrimov Ichki ishlar vaziri buyrug'iga ko'ra leytenant unvoni bilan taqdirlanishdi.
Kecha Ichki ishlar xodimlari kuni nishonlangan kunda ushbu unvonlar sportchilarimizga tantanali ravishda topshirildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar