10 sen 09:36
Yangiliklar

Ikki nafar o'zbek tennischisi Yaponiya mezbonlik qiladigan Roland Garros Junior Series final bosqichida ishtirok etadi
Musobaqada O'zbekiston sharafini Akmal Abdullaev va Alan Zinnatullin himoya qiladi.
Abdullaev Olma-ota shahrida o'tkazilgan saralash bosqichida finalga chiqib, yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Zinnatullinga esa Osiyo tennis federaciyasi (ATF) tomonidan wild-card berildi. SHu tariqa, ikki nafar o'zbekistonlik o'smir tennischi turnirning hal qiluvchi bosqichida ishtirok etadigan bo'ldi.
Roland Garros Junior Series finali Yaponiyada bo'lib o'tadi va bu bosqich 2026 yilda Franciyada o'tkaziladigan Roland Garros — dunyoning eng yirik o'smirlar o'rtasidagi turnirlaridan biriga yo'l ochuvchi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Turnir g'oliblari Parijdagi afsonaviy kortlarda o'z kuchini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fikrlar