23 may 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki yo'nalish chempioni Krouford Pakyaoni ringga chorladi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni bo'lib turgan Terens Kroufordning taxminiy raqibi malum qilindi.
Krouford filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyaoni ringga chorladi.
“Pakyao. Aynan u men jang qilish istagida bo'lgan raqib. Agar bu jangni tashkil eta olmasak, unda Indongoga qarshi ringga ko'tarilaman. Umuman olganda, men o'z vaznimdagi eng kuchli bokschilar bilan jang qilishga tayyorman”, – dedi Krouford boxingscene.com saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Terens 20 may kuni Feliks Diasga qarshi jangda raqibini texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarlarini himoya qilgan edi.
Havola :
Fikrlar