17 may 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Ikki yo'nalishda Bellator chempioni Nurmagomedov bilan jang qilishga tayyor
Engil va yarim engil vazn toifalarida Bellator chempioni Patrisio Freyre UFC promousheniga o'tmasligini malum qildi.
Lekin u aralash qoidalar bo'yicha ushbu vaznda dunyoning kuchli jangchisi ekanligini isbotlash uchun UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yoki Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqishga tayyor.
"Men o'zimni Bellator promoushenida yaxshi xis qilaman. Lekin Bellator va UFC chempionlari o'rtasida superjang tashkil qilinsa yaxshi bo'lar edi. Xabib yoki Maks bilan jang qilish uchun UFC tashkilotiga o'tishim shart bo'lmasa kerak", - dedi Freyre.
Eslatib o'tamiz, engil vazn toifasida UFC kamari Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lsa, Maks Xollouey yarim engil vaznda jahon chempioni bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar